Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 25.08.2026

Ushbu shartlar OrderPlus platformasidan foydalanish tartibini belgilaydi. Platformaga ulanish orqali korxona shu shartlarga rozilik bildiradi.

1. Xizmat nima

OrderPlus restoran, kafe va choyxonalar uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot: POS kassa, QR-kod menyu, stollar boshqaruvi, chek chiqarish va savdo analitikasi. Xizmat bulut orqali ko'rsatiladi; kassa ilovasi internet uzilganda ham ishlashda davom etadi va aloqa tiklangach ma'lumotlarni serverga sinxronlaydi.

2. Sinov muddati

Yangi ulanuvchi har bir korxona uchun 30 kunlik bepul sinov muddati beriladi. Sinov davrida barcha imkoniyatlar cheklovsiz ishlaydi va karta ma'lumotlari talab qilinmaydi.

3. Abonent to'lovi

  • To'lov tanlangan tarif bo'yicha, oldindan, oylik yoki yillik tarzda amalga oshiriladi.
  • Amaldagi narxlar bosh sahifadagi tariflar bo'limida ko'rsatiladi.
  • To'lov qabul qilingach abonentlik avtomatik uzaytiriladi.
  • Tarifni o'zgartirish uchun qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilinadi.

4. To'lov muddati o'tib ketsa

Abonent to'lov muddati tugagan kundan boshlab kassa va QR-menyu to'xtatiladi. Bunday holatda ham korxona ma'lumotlari o'chirilmaydi: to'lov amalga oshirilishi bilan xizmat darhol tiklanadi. To'xtatilish haqida admin panelda oldindan ogohlantirish ko'rsatiladi.

5. Korxonaning majburiyatlari

  • Menyudagi taomlar, narxlar va tarkib haqidagi ma'lumotlarning to'g'riligi uchun korxona javob beradi.
  • Mehmonlar oldidagi barcha majburiyatlar — xizmat sifati, oziq-ovqat xavfsizligi, soliq va kassa qonunchiligi — korxonaning zimmasida.
  • Kirish ma'lumotlari va xodimlar PIN-kodlarini sir saqlash korxona zimmasida. PIN-kod qo'lga o'tgan deb gumon qilinsa, uni darhol almashtirish kerak.
  • Platformadan qonunga zid maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

6. Bizning majburiyatlarimiz

  • Xizmatning uzluksiz ishlashi uchun harakat qilamiz va texnik yordam ko'rsatamiz.
  • Har kuni zaxira nusxa olamiz.
  • Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida oldindan xabar beramiz.

Shu bilan birga, xizmat «bor holicha» taqdim etiladi. Internet provayderi, elektr ta'minoti yoki uchinchi tomon xizmatlari sabab yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgarlik zimmamizga olinmaydi.

7. Ma'lumotlar kimga tegishli

Menyu, buyurtmalar tarixi, mijozlar bazasi va hisobotlar — bularning hammasi korxonaning mulki. Istalgan vaqtda ularning nusxasini so'rashingiz mumkin. Biz bu ma'lumotlardan faqat xizmat ko'rsatish uchun foydalanamiz.

8. Xizmatdan voz kechish

Korxona istalgan vaqtda xizmatdan voz kechishi mumkin — buning uchun qo'llab-quvvatlashga xabar berish kifoya. Oldindan to'langan davrning qolgan qismi qaytarilmaydi, lekin o'sha muddat oxirigacha xizmat ishlaydi.

Biz o'z navbatimizda ushbu shartlar qo'pol buzilgan taqdirda xizmatni to'xtatish huquqini saqlab qolamiz. Bunday holatda ma'lumotlarni yuklab olish uchun 30 kun muddat beriladi.

9. Javobgarlik chegarasi

Xizmatdagi nosozlik natijasida yuzaga kelgan zarar uchun javobgarligimiz eng ko'pi bilan oxirgi bir oy uchun to'langan abonent haqi miqdori bilan cheklanadi.

10. Qo'llaniladigan huquq va aloqa

Ushbu shartlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi. Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan hal qilinadi.

Aloqa: @orderplus_admin (Telegram). Toshkent, O'zbekiston.